Afg‘onistonning Jalolobodida Save the Children tashkiloti ofisiga uyushtirilgan hujum uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Terrorchilar dastlab avtomobil ichiga o‘rnatilgan portovchi moslamani harakatga keltirgan. Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, portlash oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, 20 kishi jarohatlangan.
Shuningdek, bino oldida mahalliy xavfsizlik kuchlari va jangarilar o‘rtasida otishma ham yuz bergan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)