• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi tasdiqlandi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi. Hujjat matnini O‘zA keltirib o‘tdi.

    Foto: “Darakchi.uz”

    Foto: “Darakchi.uz”

    Keyingi bir yilda O‘zbekiston davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimida keng ko‘lamli ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berdi, bunda asosiy e’tibor fuqarolarning huquqlarini himoya qilish va aholi manfaatlarini amalda ta’minlashga qaratildi, deyiladi hujjat sharhida.

    Shu bilan birga, xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot hamda davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida qilingan ishlarning tanqidiy tahlili joylarda aholi farovonligini oshirish va ishlar ahvolini tubdan yaxshilashga to‘sqinlik qilayotgan qator muammolar mavjudligini ko‘rsatdi.

    Davlat rahbari o‘zining 2017-yil 22-dekabr kuni parlamentga yo‘llagan tarixiy Murojaatnomasida ham mavjud o‘tkir muammolarga e’tibor qaratdi, ularni hal etishning aniq yo‘llarini taklif qildi.

    Shu munosabat bilan Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi (keyingi o‘rinlarda Davlat dasturi deb yuritiladi) loyihasi ishlab chiqildi hamda 10—20-yanvar kunlari aholi o‘rtasida keng va atroflicha muhokama qilindi.

    Davlat dasturi loyihasini muhokama qilish davomida fuqarolardan 4,4 mingta taklif va sharh kelib tushdi, ulardan Davlat dasturini takomillashtirishda foydalanildi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 22-yanvar kuni qabul qilingan Farmoni bilan Davlat dasturi tasdiqlanib, uning asosiy yo‘nalishlari va uni amalga oshirishning birinchi navbatdagi chora-tadbirlari belgilandi.

    Fuqarolardan kelib tushgan takliflarning aksariyatida ko‘rsatilgan dolzarb muammolarni hal qilishga oid alohida huquqiy normalar bevosita Farmonning o‘zida ko‘rsatilgan bo‘lib, ularning ijrosini darhol ta’minlash shart ekani belgilandi.

    Farmon bilan tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirish bo‘yicha ikki yil muddatga moratoriy e’lon qilindi. Endilikda, Farmon e’lon qilingan kundan boshlab tadbirkorlik subyektlari nazorat qiluvchi organlarning tekshiruvlariga vaqt va resurs sarflamasdan o‘z faoliyatini xotirjam amalga oshirishlari mumkin.

    Yana bir muhim yangilik – vaqtincha yoki doimiy propiskasi bo‘lmagan yoxud turar joyi bo‘yicha hisobda turmagan fuqarolarni ishga olishga oid taqiq bekor qilinadi. Ushbu norma fuqarolarga mamlakatning istalgan hududida, ayniqsa, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ishga joylashishda hech qanday cheklovlarsiz o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkonini beradi. Istiqbolli kadrlar qayerda doimiy yoki vaqtincha propiska qilingani, turar joyi bo‘yicha hisobda turganidan qat’i nazar, poytaxt mintaqasida mehnat qila oladilar.

    O‘z navbatida, ish beruvchilar vaqtincha yoki doimiy propiskasi bo‘lmagan yoxud turar joyi bo‘yicha hisobdan o‘tmagan fuqarolarni ishga olganliklari uchun javobgarlikdan ozod etiladi.

    Davlat dasturi 5 bo‘limdan iborat. Davlat dasturi doirasida 37 ta qonun (Saylov kodeksi, “Davlat xizmati to‘g‘risida”, “Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risida”, “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”, “Fan to‘g‘risida”, “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi va boshqalar)ni ishlab chiqish, 142 ta normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish hamda turli sohalarni qamrab oladigan 52 ta amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

    Davlat dasturining birinchi bo‘limi davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan.Shubhasiz, “Davlat xizmati to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi bu boradagi muhim qadam bo‘ladi. Ushbu hujjat, avvalo, davlat idoralarida xizmatni haqiqatdan nufuzli faoliyatga aylantiradi, davlat xizmatchilarining mehnat haqi va ijtimoiy himoyasi uchun munosib tizim shakllantiradi, yuklatilgan vazifalarning sifatli ijrosi uchun davlat xizmatchilarining javobgarligini oshiradi. Endilikda har bir davlat xizmatchisi egallab turgan lavozimga munosib ekanini har kuni isbotlashi shart.

    Davlat funksiyalari va vakolatlarining amaldagi markazlashgan tizimiga barham beriladi.Birinchidan, hukumatning alohida funksiyalari, ayniqsa, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari sohasidagi vazifalari vazirlik va idoralar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga o‘tkaziladi. Ikkinchidan, tegishli hududda davlat siyosatini amalga oshirish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash uchun mas’ul mansabdor shaxslar sifatida barcha darajadagi hokimlarning vakolatlari kengaytiriladi va mavqei mustahkamlanadi.

    Bundan pirovard maqsad – hokimlar hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini yuksaltirish va aholi farovonligini oshirishni amalda ta’minlash imkonini beradigan real vakolatlarga ega bo‘lishiga erishish.

    Fuqarolarning davlatni boshqarishda ishtirok etishga bo‘lgan huquqini ro‘yobga chiqarishning yangi mexanizmi sifatida elektron jamoaviy murojaat qilish – petitsiya yo‘llash tizimi joriy qilinadi. Ushbu tizim fuqarolarga davlat hokimiyatining vakillik organlariga aniq savollar qo‘yish imkonini beradi, ushbu organlar esa fuqarolarning ma’lum soni tomonidan ma’qullangan murojaatlar yuzasidan chora ko‘rishi shart bo‘ladi.

    Mazkur mexanizm tufayli faol fuqarolar va jamoat tashkilotlari turli muammolar yechimi bo‘yicha tashabbus ko‘rsatishlari mumkin. Shu orqali “Mamlakat hayotiga aloqador eng muhim qarorlar bevosita muloqot asosida qabul qilinadi”, degan tamoyil amalda ro‘yobga chiqariladi.

    Davlat dasturining navbatdagi muhim yo‘nalishi qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishdir. 

    2018—2021-yillarda jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyani ishlab chiqish, shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish muddatlarini qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilgan. Jinoiy va ma’muriy javobgarlikni liberallashtirish, protsessual normalarni takomillashtirish ko‘zda tutilgan.

    Dastlabki tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish uchun tintuv va telefon so‘zlashuvlarini eshitishga sanksiya berish vakolati sudga o‘tkaziladi.

    Inson huquqlari buzilishining oldini olish maqsadida tergov izolyatorlari va jazoni ijro etish muassasalari videokuzatuv vositalari bilan jihozlanadi.

    Ichki ishlar organlari yo‘l-patrul va patrul-post xizmatlarini ular fuqarolar bilan muomala qilayotganda foydalaniladigan video-fiksatorlar bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu nafaqat fuqarolar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishi, balki tinchligimiz posbonlari tomonidan o‘z vazifasini suiiste’mol qilishi holatlarining ham oldini olishga xizmat qiladi.

    Davlat dasturida propiska va pasport tizimini soddalashtirishga doir chora-tadbirlar ham ko‘zda tutilgan. Xususan, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskasi bo‘lmagan fuqarolar ikkilamchi bozorda ko‘chmas mulk xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

    Davlat dasturining uchinchi yo‘nalishi iqtisodiyotni rivojlantirish va faol tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan.Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish sohasida ilg‘or g‘oyalar, smart texnologiyalar va nou-xaularga asoslangan innovatsion taraqqiyotning yangi modeliga bosqichma-bosqich o‘tish ko‘zda tutilmoqda.

    Venchur fondlar, venchur moliyalashtirishni tashkil etish va rivojlantirish uchun huquqiy asoslar, shuningdek, iqtisodiyotga innovatsiyalar va yangi texnologiyalar joriy etishni rag‘batlantiruvchi mexanizmlar ishlab chiqiladi.

    2023-yilning 1-yanvariga qadar venchur fondlar, yuqori texnologik startap-loyihalar, ilmiy-tadqiqot muassasalari, innovatsiya markazlari va loyiha-konstruktorlik byurolariga o‘zlarining yangi texnologiyalarini tadbirkorlarga sotish (foydalanish uchun taqdim etish)dan tushgan daromadlari bo‘yicha soliq imtiyozlari taqdim etiladi.

    Yer uchastkalari berishda shaffoflik va qonuniylikni ta’minlash maqsadida internet tarmog‘ida elektron savdolar o‘tkazishni joriy qilish rejalashtirilgan. Davlat aktivlarini elektron savdo maydonlari orqali sotish tizimini yaratish ko‘zda tutilmoqda.

    Banklar va bank faoliyatiga doir qonunchilik tubdan qayta ko‘rib chiqilib, sohada “raqamli banking”, “internet-banking” va boshqa zamonaviy texnologiyalar tatbiq etiladi.

    Soliq va bojxona siyosatini takomillashtirish va optimallashtirish, soliq yukini kamaytirish, soliq va bojxona ma’murchiligini soddalashtirish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.

    Turizm sohasini rivojlantirish, kirish turizmi va ichki turizmni rivojlantirishni rag‘batlantirish, sayyohlar uchun ma’muriy va viza bilan bog‘liq tartibotlarni soddalashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.

    Davlat dasturining keyingi bo‘limi ijtimoiy sohani rivojlantirishga bag‘ishlangan.

    Aholining munosib hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan daromadlarni aniqlash bo‘yicha “iste’mol savatchasi”ga oid munosabatlarni huquqiy tartibga solish nazarda tutilgan. Hududlar kesimida “iste’mol savatchasi”ni hisobga olgan holda ish haqi, pensiya va boshqa ijtimoiy to‘lovlar miqdorini belgilash tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish mo‘ljallanmoqda.

    Tibbiy yordam tizimini yanada takomillashtirish va tibbiy xizmat sifatini oshirish bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi. Sog‘liqni saqlash sohasiga “aqlli tibbiyot” tizimi, innovatsion texnologiyalarni joriy qilish ko‘zda tutilmoqda.

    Aholini arzon narxlardagi sifatli dori vositalari bilan ta’minlaydigan 2 mingta ijtimoiy dorixona tashkil etish rejalashtirilgan.

    Aholi, ayniqsa, yosh oilalarning arzon uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash maqsadida 2018-yilda bunday uylarni qurish hajmi 1,5—2 barobar oshiriladi. Bu maqsadlar uchun 5 trillion 286 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.

    Aholini telekommunikatsiya xizmatlari bilan to‘liq qamrab olish uchun chekka hududlarda 2000 kilometr optik tolali aloqa liniyalari tortish, internet tezligini 2,5 barobar oshirish va 4 mingdan ziyod mobil aloqa tayanch stansiyalarini ishga tushirish ko‘zda tutilmoqda.

    Davlat dasturining beshinchi yo‘nalishi – xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, vazmin, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat yuritish. 

    Xususan, xorijda yashayotgan va ishlayotgan o‘zbekistonliklar bilan hamkorlik qilish bo‘yicha davlat siyosati konsepsiyasi ishlab chiqiladi va qabul qilinadi.

    Ekstremistik g‘oyalar ta’siriga tushib qolgan fuqarolarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, bunday fuqarolarni sog‘lom muhitga qaytarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

    Diniy ma’rifat tizimi qayta ko‘rib chiqilib, bu borada aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida olib borilayotgan ishlar samaradorligi va ta’sirchanligi kuchaytiriladi.

    Muxtasar aytganda, Davlat dasturida ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga 13,5 trillion so‘m va 1,3 milliard AQSh dollari yo‘naltiriladi.

    Davlat dasturida ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish mamlakatning barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash, aholi farovonligini amalda yuksaltirish va fuqarolarning hayot sifatini yaxshilashda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi.

    23.01.2018, 09:30   Izoh (0)   22915
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Internet orqali cheklovsiz savdo? Buning iloji bor!

    23.01.2018, 09:21

    Natalya Shagayda: Rossiya do‘konlarida O‘zbekiston meva-sabzavotlari bilan raqobatlashadigan mahsulot yo‘q

    23.01.2018, 09:14

    Ustalarga eslatma: “Ustabor bilan ko‘proq pul ishla!”

    23.01.2018, 09:00

    Termizdagi masjidda Aqto‘beda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarga bag‘ishlab xatm duosi o‘qildi

    23.01.2018, 08:59

    Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 25 yil to‘lishi munosabati bilan bir-birini qutladi 

    23.01.2018, 08:46

    O‘zbekistonda propiskasiz ishga qabul qilishga taqiq bekor qilinadi

    23.01.2018, 08:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Sistit — bu uyat emas!


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada Putinni Gitlerga o‘xshatib mem qilganlar jazolanadi

    Dunyo | 30 may, 23:55

    Zarafshon daryosidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olgan shaxsga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 30 may, 23:40

    “O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan urushga kirishishi mumkin edi” – Abdulaziz Komilov

    O‘zbekiston | 30 may, 23:30

    AQSH Oliy sudi Trampga 500 ming muhojirni mamlakatdan chiqarib yuborishga ruxsat berdi

    Dunyo | 30 may, 23:25

    Nepalda o‘n minglab namoyishchilar monarxiyani tiklashni talab qilmoqda

    Dunyo | 30 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 may, 22:55

    Toshkent viloyatida svetoforning taqiqlovchi ishorasiga amal qilmagan haydovchining mashinasidan giyohvand modda topildi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:40

    Surxondaryodagi 5 ta “dom”da 1,5 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:30

    Fransiya prezidenti Isroilga qarshi siyosat yuritishda ayblandi

    Dunyo | 30 may, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.