Eron Turkiyadan Suriyaning Afrin tumanida o‘tkazilayotgan operatsiyani darhol to‘xtatishni talab qildi. U Anqara terrorchilarga yordam berayotganini aytib o‘tdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Eron Turkiya va Suriya chegara hududidagi inqiroz chuqurlashib ketmasligi uchun operatsiya darhol to‘xtatiladi deb umid qiladi. Afrindagi og‘ir ahvol Suriya shimolida terrorchi guruhlar muvaffaqiyatiga xizmat qilishi mumkin”, — dedi Eron TIV vakili Bahrom Qosimiy.
Oldinroq Turkiya tanklari Afringa kirib kelgani va kurd obyektlariga zarba bera boshlagani xabar qilingan edi.
Izoh (0)