O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifini Termiz tumanidagi Inter Silk Pro qo‘shma korxonasiga qarashli pillaxona bilan tanishishdan boshladi, deb xabar berdi Prezident matubot xizmati.
Bu yerda Xitoy texnologiyasi asosida innovatsion usulda pilla yetishtirilib, qayta ishlash tarmoqlariga yetkazib berilmoqda.
Shu yerning o‘zida viloyatda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, issiqxonalar, anorzorlar, yong‘oqzorlar, intensiv bog‘ va tokzorlar, kovrak va pista plantatsiyalari, baliqchilik va parrandachilik komplekslari tashkil etish, yer o‘lchashda uchuvchisiz aviatsiya tizimidan foydalanish kabi loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.
Shavkat Mirziyoyev mazkur loyihalar yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
Izoh (0)