Salvadorning Kuiznauat shahrida go‘zallik tanlovi ishtirokchisining bosh kiyimi yonib ketdi, deb yozadi “Metronews.ru”.
Hodisa “Hosil qirolichasi” unvoniga ega qiz boshiga patlardan iborat ulkan bosh kiyim kiyib sahnada turgan paytda yuz berdi. Qiz shou ishtirokchilaridan birining qo‘lida turgan mash’alga tegib ketdi, shunda patlar alanga oldi.
Olovni payqab, tadbir tashkilotchilari va tomoshabinlar sahnaga oshiqdi va alangani zudlik bilan o‘chirishga ulgurdi.
Ayolning o‘zi jabr ko‘rmadi, ammo uning bosh kiyimi butunlay yaroqsiz holga keldi.
Izoh (0)