2017-yil davomida O‘zbekiston FHDYo organlarida 31 930 ta nikoh bekor qilindi. Ajrimlar soni 2016-yilga nisbatan 2 609 taga ko‘paydi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.
2017-yilda nikohi bekor qilingan oilalar tahlil qilinganda, 1—8 yilgacha o‘zaro er-xotin sifatida yashab keyin ajrashganlar soni 18 575 tani (58 foiz) tashkil qilgan. Shundan 2 yildan 3 yilgacha birga yashab 5 174 ta (16,2 foiz) va 4 yildan 5 yilga birga yashab 5 524 ta (17,3 foiz) oila ajrashgan.
50 yil birga yashab, ya’ni “Oltin to‘ylari” bo‘lgan 23 ta oilaning nikohi bekor qilingan. Shuningdek, 60 yil (1 ta), 61 yil (2 ta), 63 yil (1 ta) va 67 yil (1 ta) birga yashagan oilalarning ham nikohi bekor qilindi.
Izoh (0)