Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida qidiruvdagi jinoyatchi qo‘lga olindi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan mehmonxonada JKning 164-moddasi 4-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni (bosqinchilik) sodir etganligi uchun IIV huzuridagi tergov departamenti tomonidan qidiruv e’lon qilingan, 1983-yilda tug‘ilgan Sohib Siddiqov ushlandi.
Hozirda uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Izoh (0)