Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu fikricha, AQSh bir yil ichida yahudiy davlatidagi elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga ko‘chiradi. U 17-yanvar, chorshanba kuni Hindistonga tashrifi davomida mazkur bayonot bilan chiqish qildi, deb yozadi “TASS”.
“Men quyidagicha baholayman, elchixona siz o‘ylagandan ham tezroq, bir yil ichida ko‘chiriladi”, — dedi Netanyaxu.
Avvalroq Amerika davlat kotibi Reks Tillerson AQSh prezidenti Donald Tramp bayonotini amalga oshirishga uch yildan kam bo‘lmagan vaqt ketishini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)