2018-yilning 15-yanvar kuni BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov tashkilotning Bosh kotibi Antoiu Guterrish bilan uchrashdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat davomida BMT Bosh kotibining 2017-yil 10-iyunida O‘zbekistonga tashrifi hamda Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston bilan BMT o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Shuningdek, tomonlar kun tartibidan o‘rin olgan BMT Xavfsizlik Kengashining “Ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslik: ishonch choralari” nomli tadbiri va vazirlar darajasidagi “Xavfsizlik va taraqqiyotning o‘zaro bog‘liq modeli sifatida Afg‘oniston va Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish” mavzusida o‘zaro fikr almashdi.
Izoh (0)