Amazon kompaniyasi asoschisi Jeff Bezos rafiqasi bilan birgalikda muhojir bolalarning ta’limiga bog‘liq masalalar bilan shug‘ullanuvchi TheDream.US. notijorat tashkilotiga 33 million dollar xayriya qildi. Bu haqda tashkilot saytiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
TheDream.Us. vakilining aytishicha, bu tashkilot tarixidagi eng katta xayriya hisoblanadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu pullar kollejga kirgan minglab o‘smirlarni stipendiya bilan ta’minlashga yetadi.
Avvalroq, Jeff Bezos dunyoning eng boy odamiga aylangani haqida xabar berilgandi. Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, 8-yanvar kuni uning boyligi 105,1 milliard dollarga yetgan.
Izoh (0)