Microsoft kompaniyasi kompyuterlar yonmay qolgani haqidagi shikoyatlardan so‘ng Spectre va Meltdown’ning zaifligini bartaraf etuvchi yangilanishni tarqatishni to‘xtatdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Kompaniyaning texnik qo‘llab-quvvatlash platformasiga AMD protsessori bazasida ishlovchi kompyuterlar egalari ko‘p sonli murojaatlar bilan chiqqan.
O‘rganishlardan so‘ng Microsoft yangilanishlar AMD ning ba’zi texnik jihatlari bilan mos kelmayotganini aniqlagan.
Ayni vaqtda Microsoft AMD bilan hamkorlikda muammo ustida ishlamoqda va qisqa vaqt ichida AMD tomonidan ishlab chiqarilgan kompyuterlar uchun yangilanish jo‘natishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)