Facebook foydalanuvchilarga bitta Hikoya (Story)ning o‘zini bir yo‘la Mark Sukerbergga tegishli uchta ijtimoiy tarmoqda chop etish imkoniyatini taqdim etmoqchiga o‘xshaydi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.
Foydalanuvchilar ma’lum qilishicha, kompaniya Instagram’dan Stories’ni bevosita WhatsApp statusiga kross-post qilishni sinovdan o‘tkazmoqda. Braziliya blogi interfeysning pastki chap burchagidagi yangi funksiyani ko‘rsatuvchi Stories skrinshotini e’lon qildi.
Shu tariqa, foydalanuvchilar Instagram’da Stories yaratib, so‘ng darhol u bilan Facebook, Messenger va WhatsApp’da bo‘lishishi mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)