Toshkent 27-dekabr kuni Samarqandda ishlab chiqarilgan A22 markali 50 ta MAN avtobuslarini qabul qilib oldi. “Toshkent jamoat transporti” forumi ma’lumotlariga ko‘ra, har birining sig‘imi 90 yo‘lovchi bo‘lgan 50 ta avtobusning bari yo‘nalishlarga chiqarilgan va hozirgi vaqtda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda.
Gaz yonilg‘isida harakatlanuvchi bunday avtobuslarning dastlabki namunasi Toshkentda 2015-yil avgustidan, 44-yo‘nalish bo‘ylab yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlagan edi. Yangi 50 ta avtobus esa shaharning 2, 3, 7, 12 va 18-avtobus saroylariga taqsimlab berilgan bo‘lib, ular 2, 14, 40, 46, 47, 58, 60, 85 va 131-yo‘nalishlar bo‘ylab harakat qilmoqda.
Izoh (0)