9-yanvar kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumani Hasanbiy ko‘chasida ro‘y bergan YTH oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, 1999-yilda tug‘ilgan haydovchi “VAZ 21063” avtomobilini haydab ketayotganida 47 yoshli piyodani urib ketgan. Buning oqibatida asli andijonlik bo‘lmish piyoda olingan jarohatlar tufayli voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.
Bundan tashqari, o‘smir boshqaruvni qo‘ldan boy berib, yo‘l chetida turgan Nexia avtomobiliga urilgan.
Ayni paytda ish yuzasidan tergov tadbirlari olib borilmoqda.
Izoh (0)