O‘zbekistonda o‘tkazilishi kutilayotgan Qur’on musobaqasida ishtirok etishni istovchilarning ro‘yxatga olish davom etmoqda. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasining Telegram’dagi kanali orqali ma’lum qilindi.
Musobaqada ishtirok etish uchun 8-yanvar holatiga ko‘ra respublika bo‘yicha 733 kishi hujjat topshirgan, 9-yanvar holatiga ko‘ra esa 1101 tani tashkil etgan edi.
Tashkiliy qo‘mitaning ma’lum qilishicha, bugun, 10-yanvar holatiga ko‘ra, ro‘yxatga olinganlar soni 2079 kishini tashkil etdi (1118 erkak, 861 ayol).
Raqamlardan ko‘rinib turibdiki, bir kunda ishtirok etish xohishini bildirganlardan qariyb ming nafari ro‘yxatdan o‘tgan.
Fuqarolardan kelib tushayotgan ko‘plab talab-istaklarni inobatga olgan holda ishtirokchilarni ro‘yxatga olish muddati 13 yanvardan 15 yanvarga uzaytirilgani ma’lum qilindi. Ishtirok etish istagida bo‘lganlar 15-yanvarga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Izoh (0)