Amerika fotoqurilmalar ishlab chiqaruvchisi Kodak shaxsiy kriptovalyutasini yaratish niyatida. Bu haqda 9-yanvar kuni Bloomberg agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Kompaniya joriy oy yakunida KodakOne deb nomlangan tegishli blokcheyn-platformani ishga tushiradi. U, birinchi navbatda, professional fotograflarga mo‘ljallanadi va fotoishlarga mulk huquqining o‘ziga xos reyestriga aylanadi. KodakOne foydalanuvchilari uning yordamida o‘z fotomateriallarini ro‘yxatdan o‘tkazishi, shuningdek, ularga litsenziyalar sotishi mumkin.To‘lov Kodakcoin nomi ostida yaratilayotgan kriptovalyutada amalga oshiriladi.
Kriptovalyuta va blokcheyn-platforma yaratishi haqidagi yangilikdan so‘ng Kodak aksiyalari Nyu-York fond birjasida 120 foizdan ortiqqa ko‘tarildi va 9-yanvar kungi savdolar yakunida bir dona aksiya qiymati 6,9 dollarga yaqin qiymatni tashkil etdi.
Izoh (0)