Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan “ma’lum bir shartlar asosida” uchrashishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda u matbuot anjumani chog‘ida ma’lum qildi, deya xabar beradi “Izvestiya”.
Mun Chje Inning aytishicha, uchrashuv keskinlik va qarama-qarshilikni yo‘qotishga xizmat qilgan taqdirda bo‘lib o‘tishi lozim.
U o‘tgan yil yozida Berlindagi chiqishi chog‘ida ham KXDR bilan aloqa o‘rnatish zarurligi haqida gapirgandi.
Ma’lumot uchun, Janubiy va Shimoliy Koreya yetakchilarining oxirgi uchrashuvi 2007-yilda, KXDR amaldagi rahbarining otasi Kim Chen Ir hayotlik payti bo‘lib o‘tgandi.
Izoh (0)