Tailandning Pattayya shahrida sodir bo‘lgan mototsikl ishtirokidagi YTHda uch kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Qayd etilishicha, Kawasaki mototsiklini boshqargan 22 yoshli Rossiya fuqarosi katta tezlik bilan piyodalarga kelib urilgan.
Hodisa oqibatida mototsikl haydovchisi, yoshi taxminan, 20—25 yoshlarda bo‘lgan tailandlik qiz va 20 yoshli Janubiy koreyalik sayyoh halok bo‘ldi.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, mototsikl juda katta tezlikda harakatlangan.
Izoh (0)