Norvegiya FM-radio tarmog‘ini raqamli radioga to‘liq almashtirgan dunyodagi birinchi davlat bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Mamlakat raqamli radioga o‘tishni shu yil yanvar oyida boshlagandi. 15-dekabr kuni eng shimoliy mintaqalar va Arktikadagi Svalbard arxipelagi oxiri bo‘lib raqamli audioeshittirishga o‘tdi.
Norvegiya rasmiylariga ko‘ra, raqamli radio ovozning a’lo sifati va ko‘proq kanallarni taklif etadi, qiymati esa FM-stansiyalar narxining sakkizdan biriga to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, tinglovchilarga o‘tkazib yuborgan dasturlarini qayta tinglash imkoniyatini yaratadi va favqulodda vaziyatlarda shoshilinch xabarlar yetkazishni yengillashtiradi.
Izoh (0)