Futbol bo‘yicha Angliya Premyer-Ligasi klublari 22-tur bellashuvlarini boshlab, uning doirasidagi 5 ta uchrashuvni yakunlab ulgurdi.

Foto: FotMob

Ketma-ket uch turda durang o‘ynashga majbur bo‘lgan “Manchester Yunayted” futbolchilari va nihoyat 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. “Everton” maydoniga safar etgan Mourinyo shogirdlari ishonchli g‘alabaga erishdi. Shu kuni Ueyn Runi sobiq jamoasiga qarshi to‘p tepdi, biroq bu liverpulliklarga foyda keltirmadi. Qayd etish kerak, tomonlarning 1-davra “Old Trafford”da o‘tgan o‘yinida “Yunayted” 4:0 hisobida zafar quchgandi.

Yurgen Klopp boshqaruvidagi “Liverpul” futbolchilari ham mazkur turda 3 ochkoga ega chiqdi. Shu kuni jamoaga Filippe Koutinyo, Muhammad Saloh kabi yetakchi futbolchilar yordam bera olmadi. Roberto Firmino esa zaxiradan o‘yinga qo‘shildi. Shunga qaramay, Klopp jamoasi o‘z irodasini ko‘rsata oldi va so‘nggi daqiqada durangdan qutilib qoldi. Tomonlarning “Enfild”da kechgan 1-davra o‘yinida g‘olib aniqlanmagandi — 1:1.

Angliya Premyer-Ligasi

22-tur bellashuvlari

1-yanvar, dushanba

“Brayton” — “Bornmut” 2:2

Gollar: Antoni Nokar, 5 (1:0). Lyuis Kuk, 33 (1:1). Glenn Myurrey, 48 (2:1). Kallum Uilson, 79 (2:2).

“Stok Siti” — “Nyukasl” 0:1

Gol: Ayose Peres, 72 (0:1).

“Lester” — “Xaddersfild” 3:0

Gollar: Riyod Mahrez, 53 (1:0). Islam Slimani, 60 (2:0). Mark Olbrayton, 92+ (3:0).

“Byornli” — “Liverpul” 1:2

Gollar: Sadio Mane, 61 (0:1). Yoxan Gudmundsson, 88 (1:1). Ragnar Klavan, 94+ (1:2).

“Everton” — “Manchester Yunayted” 0:2

Gollar: Antoni Marsiyal, 57 (0:1). Jessi Lingard, 81 (0:2).

2-yanvar, seshanba

“Suonsi” — “Tottenhem” 00:45

“Sautgempton” — “Kristal Pelas” 00:45

“Vest Hem” — “Vest Bromvich” 00:45

“Manchester Siti” — “Uotford” 01:00

3-yanvar, chorshanba

“Arsenal” — “Chelsi” 00:45

4-yanvar, payshanba

“Tottenhem” — “Vest Hem” 01:00

Foto: FotMob