Toshkentdagi “Anhor-Lokomotiv” bog‘ida 1990-yili tug‘ilgan fuqaro marixuana bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma’lum qildi.
“28-dekabr kuni soat taxminan 19:00 larda Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida Shayxontohur tumani hududida joylashgan ‘Anhor-Lokomotiv’ bog‘ida 1990-yilda tug‘ilgan Umarov Jasurbek Anvar o‘g‘li to‘xtatilib tekshirilganda, uning yonidan og‘irligi 1,77 gramm bo‘lgan marixuana giyohvandlik vositasi aniqlanib olindi”, — deyiladi xabarnomada.
Holat yuzasidan JKning 276-moddasi 1-qismi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atildi.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Anhor-Lokomotiv” bog‘ida Yangi yil bayram tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.
Izoh (0)