“Xabbl” kosmik teleskopi koinotda ajoyib obyektni — Ara yulduzlar turkumidagi NGC 6326 planetar tumanligini tasvirga oldi. U Yerdan 11 ming yorug‘lik yili uzoqligida joylashgan, deb xabar berdi Hi-Tech.Mail.Ru.
Tumanlik markazida yaqin orada butunlay yo‘q bo‘lib ketadigan qari yulduz joylashgan. U hozirda “ulkan qizil” bosqichidan o‘tib bo‘lgan va yuzasidan gaz ajratishni boshlagan. Ba’zida ushbu gazlar ajoyib naqshlarni yodga soladi. Yorqin ko‘k va qizil jilolarni yulduzning kuchli ultrabinafsha nurlanishidan hosil bo‘lgan ionlashgan kislorod va vodorod tashkil etadi.
Tumanlik “Xabbl” teleskopiga o‘rnatilgan Wide Field Planetary Camera 2 maxsus kamerasi yordamida suratga olindi.
Izoh (0)