NASA astronomlari Baliq yulduzlar turkumidagi RZ yulduzining noodatiy yaltirashi yoritgichning bir nechta sayyorani “yeb qo‘ygani” bilan bog‘liqligini aniqladi. Yulduz o‘z sayyoralarini “yeb qo‘ygan” va uning izidan ulkan “qoldiq” bulutlarni qoldirgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Kuzatuvlar yulduzning orbitasida bir nechta ulkan chang va gaz bulutlari borligi va ular yulduz tomonga harakatlanayotganini ko‘rsatgan. Olimlarning fikricha, bu bulutlar katta obyektlarning bo‘linishi natijasida yuzaga kelgan.
Baliq yulduzlar turkumidagi RZ yulduzi Yerdan 550 yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan bo‘lib, 1960-yilda ochilgan.
Izoh (0)