Moliya vazirligi tizimida amalga oshirilgan tozalashlardan so‘ng Yoshlar ittifoqi kadrlar zaxirasi shakllantirilishi munosabati bilan yosh mutaxassislarni ishga taklif qildi. Bu haqda ittifoq raisi Qahramon Quronboyev Facebook’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
“Vatanparvar yoshlarni bo‘sh ish o‘rinlariga taklif qilamiz! O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi tizimidagi bo‘shagan ish o‘rinlariga zaxira kadrlar ro‘yxati shakllantirilayotgani munosabati bilan, moliya-iqtisod yo‘nalishi bo'yicha oliy ma’lumotga ega vatanparvar, fidoyi, tashabbuskor, shijoatli, iqtidorli yoshlar o‘z rezyumelarini joriy yilning 30-dekabr kuniga qadar Yoshlar ittifoqining ‘Info@yi.uz’ elektron manziliga yuborishlari mumkin”, — deyiladi e’londa.
Tanlab olingan nomzodlar Yoshlar ittifoqiga suhbatga chaqiriladi.
Izoh (0)