Rossiyalik Instagram foydalanuvchilari Ramzan Qodirovning akkaunti kutilmaganda bloklab qo‘yilganidan xafa bo‘ldi, deb yozadi “MK.ru”. Axir Checheniston rahbari ijtimoiy tarmoqqa uning jonivorlarga bo‘lgan mehrini, yumor hissini ko‘rsatib beruvchi fotosuratlarni tez-tez joylab turardi, shuningdek, Instagram orqali o‘zining eng shov-shuvli bayonotlarini berardi.
Nashr Qodirovning Instagram’da eng ko‘p “layk” to‘plagan va biz endi qaytib ko‘rmaydigan suratlari bilan bo‘lishdi.
Eslatib o‘tamiz, 20-dekabr, chorshanba kuni AQSh rasmiylari inson huquqlari poymol etilishiga aloqador shaxslar o‘rin oladigan “Magnitskiy ro‘yxati”ga Checheniston rahbari Ramzan Qodirovni kiritgach, 23-dekabrga o‘tar kechasi uning Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi ishlashdan to‘xtadi.
Instagram’dagi akkaunti o‘chirib tashlangach, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov boshqa ijtimoiy tarmoq — Mylistory’ga o‘tganini e’lon qildi.
Izoh (0)