Daryo

Qodirov Chechenistonda sinovdan o‘tkazilayotgan yangi ijtimoiy tarmoqqa o‘tdi

Xabarlarga ko‘ra, dastur Instagram’ning eski versiyasining ayni nusxasidir

1 daqiqa o‘qish24 742 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “RIA Novosti”

Instagram’dagi akkaunti o‘chirib tashlangach, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov boshqa ijtimoiy tarmoq — Mylistory’ga o‘tganini e’lon qildi, deb yozadi Meduza.

Foto: “RIA Novosti”

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu ijtimoiy tarmoq “Chechenistonda sinov bosqichida turibdi va chet mamlakatlarnikidan kam emas”.

“Endi barcha muhim yangiliklarni foto va videolari bilan ushbu dasturga joylab boraman”, — deya ma’lum qildi Checheniston rahbari.

Xabarlarga ko‘ra, dastur Instagram’ning eski versiyasining ayni nusxasidir. Mylistory’da postlarni izohlash, do‘stlarni belgilash va shaxsiy xabarlarda maqolalar bilan bo‘lishish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 20-dekabr, chorshanba kuni AQSh rasmiylari inson huquqlari poymol etilishiga aloqador shaxslar o‘rin oladigan “Magnitskiy ro‘yxati”ga Checheniston rahbari Ramzan Qodirovni kiritgach, 23-dekabrga o‘tar kechasi uning Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi ishlashdan to‘xtadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar