Daryo

AQSh Ramzan Qodirovni “Magnitskiy ro‘yxati”ga kiritdi

Checheniston rahbari “mamlakatning barcha valyuta zaxiralari va’da qilinsa ham AQShga bormasligi”ni bildirdi

1 daqiqa o‘qish33 978 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: EPA

AQSh rasmiylari inson huquqlari poymol etilishiga aloqador shaxslar o‘rin oladigan “Magnitskiy ro‘yxati”ga Checheniston rahbari Ramzan Qodirovni kiritdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: EPA

“Aslida AQSh hayotimni chet ellik terrorchilarga qarshi kurashga bag‘ishlaganimni kechira olmaydi. Ular orasida Qo‘shma Shtatlar maxsus xizmatlari tarbiyasini olgan mal’unlar ham bor”, — deya bunga munosabat bildirdi Qodirov.

Checheniston rahbari “mamlakatning barcha valyuta zaxiralari va’da qilinsa ham AQShga bormasligi”, aksincha, “butun dunyoga taniqli amerikaliklar tez-tez uning oldiga kelishi, ayrimlari hatto respublikada yashab qolish istagida ekanligi”ni bildirdi.

Ro‘yxatga jami 5 nafar rossiyalik, jumladan, Ayub Kattayev, Yuliya Mayorova, Andrey Pavlov va Aleksey Sheshenya kiritildi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar