Wide Tent System chet el kompaniyasi Buxoro shahridagi Bukhara Palace mehmonxonasini kimoshdi savdosida sotib oldi. Shartnoma qiymati 27,5 milliard so‘mni tashkil etdi, deb xabar beradi “Spot.uz” nashri.
Wide Tent System AJdan tashqari, savdoda Singapurning Espada Profile kompaniyasi ham ishtirok etdi.
1,89100 gektarda joylashgan, umumiy hududi 8581,16 kvadrat metrga teng sobiq mehmonxona binolari dekabr oyining boshlarida kimoshdi savdosiga qo‘yilgan edi. Uning boshlang‘ich narxi 26 milliard 352 million so‘m edi.
Bukhara Palace Buxoroning eng yirik mehmonxonasi bo‘lib, 1996-yili ochilgan edi. Unda 223 ta xona bor.
Wide Tent System — O‘zbekistonda alyuminiy profillari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi chet el kompaniyasi. 2016-yili u 2,54 milliard so‘m aksiya chiqarib, aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilgan edi.
Izoh (0)