Ravshan Haydarov murabbiylik qilayotgan O‘zbekiston U23 termasi Qarshining “Nasaf” klubi bilan o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi. Bellashuv “Nasaf” stadionida o‘tkazildi.
U terma jamoaning yirik hisobdagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. Shu kuni Aziz G‘aniyev, Bobur Abduxoliqov, Odil Hamrobekov kabi “Nasaf” futbolchilari Ravshan Haydarov qo‘li ostida maydonga tushib, o‘z jamoasiga qarshi o‘ynadi. Hujumchi Abduxoliqov Qarshi klubi darvozasiga gol urishga ham muvaffaq bo‘ldi.
O‘zbekistonlik 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar yaqindagina Yaponiya termasi ustidan finalda zafar quchib, Tailanddagi xalqaro turnirdan g‘olib bo‘lib qaytgandi. Mazkur jamoa yanvar oyida Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Osiyo Chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Izoh (0)