• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Qisqa muddat ichida O‘zbekistonga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgardi”

    O‘zbekiston boshqa mamlakatlar uchun eng jozibador siyosiy va iqtisodiy hamkorlaridan biriga aylanib bormoqda. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Oliy Majlis Senatining 13-yalpi majlisida ma’lum qildi. U parlamentning yuqori palatasida Tashqi ishlar vazirligining 2017-yilgi faoliyati haqidagi hisobot bilan chiqish qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

    G‘ayrat Fozilov. Foto: “Gazeta.uz”

    G‘ayrat Fozilov. Foto: “Gazeta.uz”

    “Mamlakatimiz suverenitetini yanada mustahkamlash, O‘zbekiston atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik makonini yaratish, yurtimizda olib borilayotgan islohotlarni samarali amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish, xorijiy hamkorlar bilan savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni kengaytirish, chet eldagi fuqarolarimiz huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha muhim natijalarga erishildi”, — dedi G‘ayrat Fozilov.

    O‘zbekiston tashqi siyosiy aloqalari sezilarli darajada faollashdi va kengaydi, asosiy xorijiy sheriklar bilan keng qamrovli hamkorlik mustahkamlandi va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning samarali mexanizmi joriy etildi.

    O‘tgan yil davomida 20 dan ortiq oliy darajadagi tashriflar bo‘lib o‘tdi, 60 dan ziyod davlat va xalqaro tuzilmalar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Xorijiy hamkorlar bilan tashkil etilgan turli darajadagi uchrashuvlar, muzokaralar va tashriflar natijasida 200 dan ortiq xalqaro kelishuvlar hamda 60 mlrd. dollarga teng shartnoma va bitimlar imzolandi.

    Hamkorlar bilan erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishni ta’minlash maqsadida tashqi siyosiy faoliyat uchun mutlaqo yangi va samarali mexanizm — xorijiy sheriklar bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va qabul qilish amaliyoti joriy etildi. Mazkur mexanizm belgilangan maqsad va vazifalarga erishishda barcha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining sa’y-harakatlarini birlashtirish imkonini yaratib bermoqda. Yil boshidan buyon xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda 40 dan ortiq “yo‘l xaritalari” qabul qilindi.

    Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida joriy yilning dastlabki 10 oyi mobaynida O‘zbekistonning chet mamlakatlar bilan tovar ayriboshlash hajmi 16,6% ga o‘sib, 22 mlrd. dollardan oshdi. Rossiya bilan o‘zaro savdo hajmi 18% ga yuqoriladi (4,01 mlrd. doll.), Xitoy bilan 15% ga (4 mlrd. doll.), Qozog‘iston bilan 12,3% ga (1,71 mlrd. doll.), Turkiya bilan 31% ga (1,23 mlrd. doll.), Koreya Respublikasi bilan esa 36% ga (1,1 mlrd. doll.) ortdi.

    “O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarda mutlaqo yangi siyosiy muhitni yaratishga, mintaqadagi siyosiy ishonchni sezilarli darajada oshirishga, hamkorlikning ko‘plab sohalarida yuqori natijalarga erishishga muvaffaq bo‘ldi”, — deya davom etdi G‘ayrat Fozilov.

    O‘tgan vaqt mobaynida mintaqa davlatlari rahbarlari bilan 20 dan ziyod uchrashuvlar, oliy darajadagi 10 ta davlat, rasmiy va ishchi tashriflari amalga oshirildi. O‘zbekistonning Markaziy Osiyo yo‘nalishidagi faol siyosati tufayli mintaqada nizo kelib chiqishi ehtimolligini oshiruvchi omillar deyarli bartaraf etildi. Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirish va kengaytirish, do‘stlik va ahil qo‘shnichilik muhitini yaratish g‘oyalari amaliyotga tatbiq etildi.

    Mintaqadagi savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, sanoat-kooperatsion, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar hamkorlik jadal sur’atlarda rivojlanmoqda, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish, suvdan oqilona foydalanish masalalari yechimida sezilarli darajada olg‘a siljish kuzatildi.

    Afg‘onistonning mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga faol jalb etilishi Markaziy Osiyoning barqaror va xavfsiz rivojlanishi asoslarining mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

    O‘zbekistonning Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti hamda Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti doirasidagi ishtiroki faollashdi. O‘zbekiston Hamdo‘stlikning bir qator organlari ishiga qo‘shildi, milliy koordinator lavozimi Bosh vazir o‘rinbosari darajasiga ko‘tarildi. YeXHT Parlament assambleyasi bilan bo‘lgan munosabatlardagi “tanaffus” to‘xtatildi — Oliy Majlis vakillari bu tizim faoliyatiga qo‘shilishdi. Davlatning Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Parlamentlararo ittifoq, Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon bilan Arab iqtisodiy hamkorlik forumidagi ishtiroki qayta tiklandi.

    Xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik muvaffaqiyatli rivojlanmoqda, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan aloqa qayta tiklandi, Yevropa investitsion banki bilan hamkorlik o‘rnatildi.

    “O‘zbekiston global va mintaqaviy miqyosidagi muhim masalalar bo‘yicha o‘zining qat’iy va faol pozitsiyasiga ega ekanligini hamda xalqaro jarayonlarda chetdan kuzatib bo‘lib turish niyatida emasligini ko‘rsatdi”, — dedi vazir o‘rinbosari.

    Chet eldagi O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan munosabat tubdan o‘zgardi, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha ishlar sezilarli kuchaydi.

    O‘ta qisqa muddat ichida xalqaro hamjamiyatning O‘zbekistonga bo‘lgan munosabatini tubdan o‘zgartirishga va mamlakatimizning xalqaro obro‘sini sezilarli darajada mustahkamlashga erishildi.

    “O‘zbekiston jamiyatni demokratlashtirish, inson xuquqlarini himoya qilish, qonun ustuvorligini ta’minlash, iqtisodiyotni liberallashtirish va so‘z erkinligini ta’minlashga qaratilgan islohotlarni amalga oshirishga qat’iy kirishgan ishonchli hamkor sifatida o‘z imidjini shakllantirdi. Jahon hamjamiyati tomonidan davlatimiz tashqi siyosatining ochiqligi, konstruktivligi va shiddatliligi alohida e’tirof etilmoqda”, — dedi u.

    “O‘zbekiston to‘g‘risida ijobiy axborot muhitini yaratish mamlakatning dunyodagi mavqe’ini kuchaytiradi va investitsion jozibadorligini oshiradi. Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston ishonchli tarzda MDH, Osiyo Tinch okeani mintaqasi, Yaqin Sharq, Yevropa va Amerika davlatlarining yaqin siyosiy va iqtisodiy hamkorlaridan biriga aylanib bormoqda”, — deya qo‘shib qo‘ydi vazir o‘rinbosari.

    22.12.2017, 10:42   Izoh (0)   12262
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bekobodda Koreyaga ishga yuborish vaji bilan fuqarolardan 1000 dollar pul olgan firibgar ushlandi

    22.12.2017, 10:18

    Yuqori Chirchiqda o‘tkazilgan tezkor tadbirda pirotexnika sotayotgan ayol qo‘lga olindi

    22.12.2017, 10:18

    2018-yilda qishloq joylarda qariyb 84 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi

    22.12.2017, 10:07

    Bugun Shavkat Mirziyoyevning Murojaatnomasi Oliy Majlisga taqdim etiladi. Unda 2018-yilning qanday nomlanishi ma’lum qilinadi

    22.12.2017, 09:40

    Zoyir Mirzayev: yilning sovuq qismida narxlarning o‘sishi omborxonalar yetishmasligi bilan bog‘liq

    22.12.2017, 09:35

    Sirdaryo viloyati hokimi Toshkent shahrida tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashdi

    22.12.2017, 09:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda hafta boshida havo harorati qanchaga ko‘tarilishi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 20 iyul, 12:10

    Rossiyada Mudofaa vazirligining yuqori martabali rasmiysi 6 yilga qamaldi

    Dunyo | 20 iyul, 11:40

    Navoiyni zararli tutun qopladi (video)

    O‘zbekiston | 20 iyul, 11:10

    Dastin Porye faoliyatidagi so‘nggi jangida Maks Holloueyga yutqazdi

    UFC | 20 iyul, 10:30

    Saudiya Arabistonining “uyqudagi shahzoda”si vafot etdi

    Dunyo | 20 iyul, 10:30

    Messi penaltisiz urilgan gollar soni bo‘yicha Ronaldudan o‘zib ketdi

    Futbol | 20 iyul, 10:04

    Oleksandr Usik Daniel Dyuboani beshinchi raundda nokautga uchratdi

    Boks | 20 iyul, 09:55

    Uzoq tanaffusdan keyin ringga qaytgan Pakyao chempionlik kamariga ega chiqa olmadi

    Boks | 20 iyul, 09:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.