Yuqori Chirchiq tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Yangibozor qo‘rg‘oni Navro‘z mahallasida yashovchi uy bekasi 1971-yilda tug‘ilgan O.M shu qo‘rg‘on hududida joylashgan avtoshohbekatda pirotexnika mahsulotlari bilan savdo qilayotganligi aniqlanib ushlandi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ashyoviy dalil sifatida “Petardi” nomli pirotexnika mahsulotlari olindi. IIB holat yuzasidan surishtiruv olib bormoqda.
Izoh (0)