Bugun, 22-dekabr kuni Simpoziumlar saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Daryo”ning ishonchli manbalari xabar bermoqda.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston Parlamenti, hukumati, viloyatlar hokimlari va diplomatik korpuslar vakillari ishtirok etadi.
Tadbirda 2018-yilning qanday nomlanishi va mamlakatning kelgusi yildagi har tomonlama rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari ma’lum qilinishi kutilmoqda.
Prezident murojaati O‘zbekiston tarixida ilk bor mazkur doirada e’lon qilinadi.
Tadbir “O‘zbekiston 24” telekanali orqali soat 10:50 da to‘g‘ridan to‘g‘ri namoyish etilishi belgilangan.
Izoh (0)