Turkiya xavfsizlik kuchlari Istanbulda IShIDga aloqadorlikda gumon qilingan kamida 45 kishini qo‘lga oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Sabah nashriga ko‘ra, maxsus operatsiya Istanbulning 7 tumanidagi 12 ta turli manzilda o‘tkazildi.
Qo‘lga olinganlarning barchasi boshqa davlat fuqarolari. Ularda guruh faoliyati haqidagi raqamli va qog‘oz targ‘ibot materiallari, hujjatlar aniqlandi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)