Pokistonda, Xaneval shahri yaqinida yo‘lovchi avtobusi parkovka qilingan treylerga kelib urilishi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Tezyurar yo‘lovchi avtobusi Pokiston markazidagi avtomagistralda uzun treyler bilan to‘qnashdi. Kuchli tuman ko‘rinishni qiyinlashtirgandi”, — deyiladi politsiya xabarida.
Avariya oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi, yana 20 kishi jarohatlandi.
Izoh (0)