O‘zbekiston futbol federatsiyasi o‘z logotipini o‘zgartiradi. Shuningdek, yangi tashkil etilayotgan mamlakat Super Ligasi hamda Pro-Ligasi musobaqalariga ham yangi logolar ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Tashkilot yangi logotipni ovoz berish yo‘li bilan tanlashga qaror qilgan. Bunda O‘FF Digital Panda reklama agentligi bilan hamkorlikda umumiy 15 ta logotipni saralab olgan bo‘lib, ulardan qay biri futbol muxlislariga ma’qulroq ekani borasida onlayn so‘rovnoma o‘tkazmoqda.
Istalgan muxlis www.ishtirok.uz saytiga tashrif buyurib, ovoz berishda ishtirok etishi mumkin. Buning uchun, talab qilinganidek ro‘yxatdan o‘tish kerak bo‘ladi. Aytilishicha, bu ovoz berishdagi xolislikni ta’minlashi mumkin.
Kimdadir qandaydir savollar paydo bo‘lsa, +99871 231 80 80 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati bor.
Izoh (0)