NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg alyans tez ta’sir kuchlari soni uch barobarga oshirilganini e’lon qildi. Bu haqda u Journal du Dimanche nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb xabar beradi Europe 1.
“2014-yili Ukrainada ro‘y bergan inqirozdan so‘ng alyans kuchlarini mustahkamlash bo‘yicha yirik choralarni amalga oshirdi. Biz NATO tez ta’sir kuchlari miqdorini uch barobarga oshirib, 40 ming kishiga yetkazdik. Ularning 5 ming nafari bir necha kun ichida harakatga keltiriladi”, — dedi Stoltenberg.
Uning so‘zlariga qaraganda, NATO Boltiqbo‘yi davlatlarida havo hududini patrullash va mashg‘ulotlar o‘tkazishni jadallashtirdi.
Izoh (0)