O‘zA Qarshi shahrida barpo etilgan zamonaviy dehqon bozorining bugungi kunga kelib chiqindixonaga aylanib qolgani haqida tanqidiy maqola chop etdi.
“Qarshi shahrining 2-mikrorayoni hududida zamonaviy dehqon bozori qurilganida hamma xursand bo‘lgan edi. Chunki ko‘chada noqulay sharoit va sanitariya talablariga zid holda poliz, meva-sabzavot va boshqa mahsulotlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar nihoyat bir joyga jam bo‘lishi mumkin edi. Bu sotuvchiga ham, xaridorga ham juda qo‘l kelardi. Lekin, afsuski, kutilgan natija bo‘lmadi. Sotuvchilar hamon bozorga eltadigan ko‘chada antisanitariya holatida mahsulotini yerga yoyib savdo qilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, xabarda qayd etilishicha, bozordan kimdir chiqindixona, yana kimdir esa avtomobili uchun turargoh sifatida foydalanmoqda.
Izoh (0)