AQSh prezidenti Donald Tramp rossiyalik diplomatlardan musodara etilgan dala hovlilarni sotish taklifi bilan chiqqan. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
The Washington Post nashriga ko‘ra, bu Tramp prezident lavozimini egallaganidan so‘ng ro‘y bergan. U mazkur g‘oyani o‘zi uchun Oq uyda tashkillangan FQB maxsus brifingida taklif etgan.
Eslatib o‘tamiz, 2016-yil dekabrida AQShning avvalgi rasmiylari mamlakatdan 35 nafar rossiyalik diplomat va ularning oila a’zolarini chiqarib yuborish haqida qaror qabul qildi. Shuningdek, Obama ma’muriyati bir necha diplomatik obyektlarga tashrif buyurishni man etdi.
Izoh (0)