Gruziyalik shifokorlar bemor ayolning qornidan 25 yil avval jarrohlik amaliyotidan so‘ng unutib qoldirilgan pinsetni topdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Tbilisi shahridagi klinikalardan birining onkojarrohi Irakliy Toduaning ma’lum qilishicha, bemor ayol tibbiy muassasaga umuman boshqa shikoyatlar bilan murojaat qilgan. Biroq, operatsiyagacha o‘tkazilgan kompyuter tamografiyasida uning organizmida yot jism borligi aniqlangan.
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, aftidan, pinset 25 yil avval ayolning o‘t qopi operatsiya qilingan vaqtda unutib qoldirilgan. Hozirda ayol o‘zini yaxshi his etmoqda.
Izoh (0)