Sirdaryo viloyati imom-xatiblari tomonidan ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostidagi davra-suhbatlari davom etmoqda. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Dekabr oyi davomida “Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va o‘z joniga qasd qilishning oldini olish”, “Poklik iymondandir” hamda “Farzandlarning burch va vazifalari” mavzularida ma’ruzalar qilinishi rejalashtirilgan.
O‘quvchi-talabalarga ota-onaning haqlari, ularga nisbatan farzandlik burchi va odoblari, moddiy va ma’naviy poklikning nozik jihatlari, o‘zganing joni, mol-mulki va obro‘siga tajovuz qilishning gunoh ekanligi, o‘z joniga qasd qilish muammoning yechimi emasligi, shuningdek, sabr, mehnat va yaxshilik baxt-saodat asosini tashkil etishi borasida keng ma’lumot va foydali maslahatlar berilmoqda.
Tadbirlarda yoshlar tomonidan berilayotgan savollarga imom-xatiblar atroflicha javob bermoqda.
Izoh (0)