Braziliya prezidenti Mishel Temer urologik kasallik tufayli jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli boshdan kechirdi. Bu haqda 13-dekabr, chorshanba kuni davlat rahbari matbuot xizmati xabarida ma’lum qilindi, deb yozadi “TASS”.
“Prezident Mishel Temer 13-dekabr, chorshanba kunining ikkinchi yarmida bovul qilishdagi qiyinchilik va bovul qilish kanalining torayishi alomatlari bilan Suriya—Livan gospitaliga yotqizilgan. Unda kichikroq jarrohlik operatsiyasi amalga oshirilgan, u muvaffaqiyatli o‘tgan. Sog‘lig‘ining tiklanish davri 48 soatni tashkil etadi”, — deyiladi bayonotda.
Matbuot xizmati, shuningdek, Temer 14-dekabr, payshanba kuniyoq o‘z majburiyatlarini bajarishga kirishmoqchi ekanligini ma’lum qildi.
Izoh (0)