Rossiya Mudofaa vazirligi delegatsiyasi qo‘shma harbiy komissiyaning birinchi yig‘ilishida qatnashish maqsadida Shimoliy Koreyaga keldi. Bu haqda Rossiyaning KXDRdagi elchixonasi xabar berdi.
“Avvaldan kelishilgan kelishuvga muvofiq, Pxenyanda qo‘shma harbiy komissiyaning birinchi majlisi bo‘lib o‘tadi. Unda Xavfli harbiy faoliyat oldini olish bo‘yicha Hukumatlararo kelishuvning bajarilishi ko‘rib chiqiladi”, — deyiladi elchixona axborotida.
“Gazeta.ru”ning qayd etishicha, Rossiya Mudofaa vazirligi delegatsiyasi 16-dekabrga qadar Pxenyanda bo‘ladi.
Izoh (0)