Suriya xavfsizlik kuchlari 14-dekabr, payshanba kuni Damashq halqa yo‘lining janubiy qismi bo‘ylab portlovchi uskuna o‘rnatilgan avtomobilni boshqarib ketayotgan terrorchini yo‘q qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
SANA agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, gavjum avtotrassada portlashning oldi olingani sharofati bilan o‘nlab odamlarning hayoti saqlab qolingan.
Terrorchi qaysi jangari guruhga mansubligi borasida ma’lumotlar berilmagan.
Izoh (0)