Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyaliklarning yarmidan ko‘pi 2018-yil 18-martga belgilangan prezidentlik saylovida ishtirok etishni rejalashtirgan. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

“Levada-sentr” tomonidan o‘tkazilgan so‘rovda respondentlarning 28 foizi “aniq ovoz berishi”, 30 foizi esa “buning ehtimoli yuqori” ekanligini ma’lum qildi.

Mamlakatning amaldagi prezidenti Vladimir Putin uchun jami respondentlarning 61, saylovda ishtirok etishga tayyorligini bildirganlarning esa 75 foizi ovoz berish niyatida. Undan keyingi o‘rinni LDPR yetakchisi Vladimir Jirinovskiy egalladi ( 8 va 10 foiz). 

Uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarda kommunistlar yetakchisi Gennadiy Zyuganov (6 va 7 foiz) va “Spravedlivaya Rossiya” yetakchisi Sergey Mironov (2 foizdan) qayd etildi. 

Mazkur so‘rovda “Yabloko” raisi Grigoriy Yavlinskiy, teleboshlovchilar Kseniya Sobchak va Yekaterina Gordon 1 foizdan, biznes-ombudsman Boris Titov esa bunga ham yetmagan ovoz to‘pladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Hozir barcha kuchlarni aholiga gaz yetkazib berishga safarbar qilganmiz” — “Hududgazta’minot” rahbari
Salomatlik
Bayramgacha tezda vazn yo‘qotamiz: parhezshunosdan maslahatlar
Sport
Braziliya yetakchi, Fransiya — 2, Argentina 5-o‘rinda. The Guardian JCH—2022 favoritlari ro‘yxatini e’lon qildi