13-dekabr, chorshanba kuni Isroil armiyasi yahudiylar davlati hududidagi raketa orqali o‘qqa tutilishiga javoban G‘azo sektorining janubiy qismida joylashgan XAMAS harbiy lageriga zarba berdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Bugun ertalab G‘azo sektoridan Isroil tomonga uchirilgan raketaga javoban Isroil harbiy-havo kuchlari G‘azo sektorining janubiy qismidagi XAMAS harbiy lageriga zarba berdi”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq, harbiylar G‘azo sektoridan yahudiylar davlatining janubiy tumanlari bo‘ylab raketa uchirilganini qayd etgan edi.
Xabarda qayd etilishicha, havo trevogasi haqidagi signal Xof-Ashkelon hududiy kengashida ishlab ketgan.
Izoh (0)