AQSh Xitoyga Amerika qo‘shinlarini KXDR hududiga kiritishga to‘g‘ri kelsa, u yerda tartib o‘rnatilgandan so‘ng Janubiy Koreyadagi boshlang‘ich pozitsiyaga qaytishga va’da berdi. Bu haqda 12-dekabr, seshanba kuni Reks Tillerson Atlantika kengashidagi chiqishida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
U Vashington Koreya yarimorolida to‘liq yadroviy qurolsizlantirishga erishishga harakat qilayotganligini yana bir marta tasdiqladi. Uning so‘zlariga qaraganda, Xitoy va Rossiya ham aynan shunday pozitsiyaga amal qilmoqda.
“AQSh diplomatik harakatlari aynan shunga qaratilgan”, — deya ta’kidladi u va Donald Tramp ma’muriyati KXDR yadro mamlakatiga aylanishiga hech qachon rozi bo‘lmasligini qo‘shimcha qildi.
AQSh, shuningdek, Xitoy bilan biror-bir ichki sababga ko‘ra KXDRda tartibsizlik boshlanib, rejim qulagan holatda ehtimoliy harakatlarni muhokama qildi. “Bunday vaziyatda biz uchun eng muhimi ular ega bo‘lgan yadro zaryadlarini qo‘lga kiritishi lozim bo‘lmaganlarning qo‘liga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik. Biz xitoyliklar bilan buni qanday amalga oshirish mumkinligi haqida gaplashdik”, — deydi Tillerson.
Izoh (0)