NATOning Yaqin Sharqda bo‘lishi mintaqaga hech qanday yordam keltirmadi. Bu haqda Eronning Rossiyadagi elchisi Mahdi Sanoiy ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Yaqin Sharqda NATO qayerga qadam bosmasin, hech qanday naf keltirmadi. Alyans narkotiklarga qarshi kurashgan Afg‘onistonda ularni ishlab chiqarish oxirgi 15 yil davomida 200 tonnadan 9 ming tonnagacha ko‘paydi”, — ta’kidladi elchi.
Gruziyaning NATOga kirish istagi haqidagi savolga javob bergan elchi Eron mintaqadagi yirik davlat sifatida mintaqa mamlakatlari alyansga kirishini yoqlamasligini bildirdi.