Eron g‘arbida noyabrda ro‘y bergan vayronkor zilzila qurbonlari soni 620 kishiga yetdi. Bu haqda mamlakat sud-tibbiyot tashkiloti ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Oldinroq 530 kishi halok bo‘lgani bildirilgandi.
Noyabr oyi o‘rtalarida Eron va Iroq chegarasidagi Kirmonshoh viloyatida 7,2 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Silkinishlar mintaqaning boshqa davlatlari, jumladan, Kuvayt, BAA va Isroilda ham bilindi.
Izoh (0)