Suriya hukumat armiyasi Rossiya aviatsiyasi ko‘magida Xama va Idlib viloyatlarida isyonchilarga qarshi harbiy kampaniyani faollashtirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Oxirgi ikki sutka mobaynida Xamaning shimoli-sharqiy tumanlari va Idlibning janubiy qismiga o‘nlab aviazarba berildi. Ularni Rossiya samolyotlari amalga oshirgani bildirilmoqda.
Suriya armiyasi bir necha qishloq qo‘lga olingani va isyonchilar Idlib viloyati ma’muriy chegaralari yaqinidagi hududlarga surib chiqarilganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriyadan qo‘shinlarni olib chiqishga ko‘rsatma bergani xabar qilingandi.
Izoh (0)