Puerto-Rikoda “Mariya” to‘foni oqibatlaridan halok bo‘lganlar soni 64 kishiga yetdi. Bu haqda 9-dekabr, shanba kuni CNN telekompaniyasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Avvalroq “Mariya” to‘foni qurbonlari 62 kishini tashkil etgan edi. Yana ikki kishi to‘fonning bilvosita oqibatlari sababli halok bo‘lgan.
“Bu o‘lim holatlari ‘Mariya’ to‘foniga bilvosita aloqasi bo‘lgan holatlar sifatida tasdiqdan o‘tgan. Bu diqqatimizni jalb qilgan holatlarni o‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlandi”, — dedi departament rahbari Ektor Pesker.
Yo‘qotishlarning real soni ancha yuqori bo‘lishi mumkin. Oxirgi oylarda Puerto-Rikoda qayd etilgan o‘lim holatlari soni tahliliga ko‘ra, The New York Times gazetasi tabiiy ofat qurbonlari soni ming kishidan ortiq bo‘lishi mumkinligi haqida xulosa qildi.
Izoh (0)